Namangan viloyati “Kosonsoy tuman yo‘llardan foydalanish” UK ishchisi o‘zganing ishonchiga kirib, go‘yoki o‘zida qalbaki 20 ming dollar borligini va uni haqiqiy 14 ming dollarga sotishini aytadi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda UK ishchisi o‘zaro kelishuv doirasida xaridorga qalbaki 8 ming dollarni bergan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, u mazkur qalbaki xorijiy valyutani Kosonsoyda yashovchi, 1985-y.t. shaxsdan olganligi aniqlanib, ushbu fuqarodan ham yuqoridagi kelishuv doirasidagi soxta 6 ming dollar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu shaxs qalbaki valyutalarni Kosonsoyda istiqomat qiluvchi, 1992-y.t. fuqarodan olganligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.