Kosta-Rika Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston va Hindiston kabi davlatlarning AQShdan deportatsiya qilingan 200 nafar fuqarosini qabul qilishga rozi boʻldi. Bu haqda 20-fevral kuni "Dunyo" AA xabar bergandi.
AQShdan kelgan muhojirlar Kosta-Rikada olti haftagacha ushlab turilishi va vataniga joʻnatilishi mumkin. Deportatsiya qilinganlar maxsus joyda saqlanadi va ular ushbu hududni tark eta olmaydilar.
AQShdan uchgan va asosan Osiyo mamlakatlaridan boʻlgan 135 nafar noqonuniy muhojirni olib ketayotgan birinchi deportatsiya samolyoti bugun Kosta-Rikaga qoʻnishi kutilmoqda. Ushbu muhojirlarning 65 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi.
Oʻzbekiston TIV matbuot xizmatining xabariga koʻra, AQSh tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin Oʻzbekistonga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar fuqaro 24-fevral kuni Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatga yetib keldi.