Prezidentning “Madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:
- 2025-yil 1-yanvardan boshlab – 20 foizga;
- 2025-yil 1-iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.