Sergeli tumanidagi tijorat banki filiali yetakchi mutaxassisi M.T. va fuqaro Sh.A. fuqaro F.E.ga yangi qurilayotgan uylardan birini kredit evaziga xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratib berishlarini vaʼda qilgan.
Ular oldindan boshlangʻich toʻlov sifatida fuqaroning 61 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling