Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Jizzax shahrining “Ravalliq” mahallasida yashovchi 36 yoshli fuqaro 2022-yilda tijorat bankidan 2 mlrd 150 mln soʻm miqdorda kredit olgan. U 125 bosh zotli chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan ushbu mablagʻni maqsadli ishlatmagan.
Shu bois viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167 moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida uning yashiringan manzili aniqlandi. U “Oqqoʻrgʻonlik” mahallasidagi qaynotasining uyi yertoʻlasida yashirinib yotgan ushbu fuqaro ushlandi.
Ushbu shaxs vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling