Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan, Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek maxsus unvonlarga ega boʻlgan xodimlarning davlat majburiy sugʻurtasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq sugʻurtalovchi quyidagi hollarda sugʻurta toʻlovini amalga oshiradi:
a) Prezident farmoniga muvofiq sugʻurtalangan shaxs favqulodda (harbiy) holat davrida yaradorlik, kontuziya yoki nogironlik oqibatida halok boʻlgan taqdirda, naf oluvchilarga (merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etilganda) BHMning 200 baravari miqdorida;
b) sugʻurtalangan shaxs xizmat (yigʻinlar) davrida halok boʻlgan yoki xizmatdan (yigʻinlardan) boʻshatilgandan keyin bir yil oʻtmasdan, xizmatni (yigʻinlarni) oʻtash davrida olgan jarohati (kontuziyasi), kasalligi oqibatida vafot etgan taqdirda, BHMning 84 baravari miqdorida (merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdimnomasi boʻyicha) naf oluvchilarga;
v) sugʻurtalangan shaxsga xizmatni (yigʻimlarni) oʻtash bilan bogʻliq nogironlik belgilanganda, xizmatdan boʻshatilgandan keyin bir yil oʻtgunga qadar (“b” kichik bandda nazarda tutilgan toʻlovlar miqdoridan):
— I guruh nogironi - 75 foizi,
— II guruh nogironiga - 50 foizi,
— III guruh nogironi – 30 foizi;
g) xizmatni (yigʻimlarni) oʻtash davrida sugʻurtalanganlar ogʻir yarador boʻlganda - “b” kichik bandda nazarda tutilgan toʻlovlar miqdorining 20 foizi va yengil yarador boʻlganda - 10 foizi;
d) muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchi, yigʻinlarni oʻtash vaqtida harbiy xizmatga majbur boʻlgan, shuningdek, maxsus unvonlarga ega boʻlgan xodimlar sogʻligʻining holatiga koʻra keyinchalik xizmatni (yigʻinlarni) oʻtashga yaroqsiz deb topilganda –“b” kichik bandda nazarda tutilgan toʻlovlar miqdorining 10 foizi miqdorida.
Sugʻurtalangan yoki naf oluvchilarga sugʻurta toʻlovi bir yil davomida amal qiladigan sugʻurta shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Sugʻurta mukofotini toʻlash chorak boshidan boshlab 15 kalendar kun mobaynida sugʻurtalovchining hisob raqamiga har chorakda umumiy sugʻurta mukofotining 1/4 qismi hisobidan amalga oshiriladi.
Sugʻurta toʻlovi sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalangan yoki naf oluvchilarning bank hisobvaragʻiga (bank kartasiga) pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Sugʻurta toʻlovlari sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofoti oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, sugʻurtalovchi barcha zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling