Toshkent shahar hokimining 31-oktyabr kungi qarori bilan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun narxlar 15 foizga oshirildi.
Veolia Energy Tashkent tomonidan koʻrsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun quyidagi narx (tarif)lar tasdiqlandi:
— tartibga solinadigan bazaviy narx (tarif) va byudjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida (mos ravishda QQSsiz 664 465 soʻm/Gkal va 801 963 soʻm/Gkal);
— aholi uchun 121 617 soʻm/Gkal (QQSsiz) (avval 105 754 soʻm/Gkal edi);
— boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 soʻm/Gkal (QQSsiz) (avval 212 606 soʻm/Gkal edi).
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling