Ijtimoiy tarmoqlarda futbol maydonida havaskor o‘yinchilar o‘zaro janjallashganligi aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 29-may kuni soat 21:00 larda Shayxontohur tumani, “Jar” o‘yingohida “Likesup” loyihasi doirasida san‘atkorlar va blogerlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
O‘yin yakunlanganidan so‘ng, 2004-yilda tug‘ilgan O.O‘. ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini ko‘paytirish va ushbu o‘yinga ommani e‘tiborni yana-da ko‘proq jalb qilish maqsadida go‘yoki jamoalar o‘rtasida janjal kelib chiqqanligini sahnalashtirishgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
“Likesup” loyihasi doirasida yuz bergan yuqoridagi holat jamoatchilik o‘rtasida keskin e‘tirozlar keltirib chiqqanligi va huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo‘lganligi uchun loyiha vaqtincha to‘xtatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan loyiha tashkilotchilari, ushbu janjalni sahnalashtirganlar va unda ishtirok etganlarning barchasining shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.