Samarqandda 3 ta qoidabuzarlik natijasida tizimga 5,5 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Toyloqdagi “S.Sh.O.” fermer xoʻjaligi foydalanilgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirilmay kelish natijasida taʼminot korxonasiga 4 mlrd 637 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Bu kabi holat ushbu tumandagi “P.A.O.”MCHJ (537,7 mln soʻm) “P.M.W.” MCHJda (371,3 mln soʻm) tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirilmay kelganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling