Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Litvadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga topshirildi.

Litvadan Interpol kanallari orqali qidirilayotgan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistondagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Fuqaro ushbu mamlakatda qo‘lga olinib, ekstraditsiya tekshiruvi uchun qamoqqa olingan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasining iltimosnomasini qanoatlantirgandan so‘ng, Litva tomoni jinoyatchini ekstraditsiya qilish va uni sodir etgan jinoyati uchun jazo tayinlash maqsadida topshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs Interpol Milliy Markaziy Byurosining O‘zbekistondagi vakillari tomonidan respublika huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling