Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda Lixiang L9 katta tezlikda BYD‘ga borib urildi

Hodisa oqibatida Lixiang haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Tokshent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasida 30-sentyabr kuni soat 01:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu hadqa poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, BYD va Lixiang L9 avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rish mumkinki, Lixiang L9 katta tezlikda borib BYD‘ga urilgan.

Hodisa oqibatida Lixiang haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling