FVV qutqaruvchilari togʻda adashib qolgan fuqaroga amaliy yordam koʻrsatdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
18-oktyabr kuni soat 07:18 da Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli boshqarma Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yongʻin qutqaruv otryadiga Xoʻjakent togʻida bir nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, adashib qolganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan va fuqaro sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling