Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining Oʻzbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan.
Kompaniyaning mamlakatdagi faoliyatini kengaytirish rejalari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling