Tom Rayzen Lyuksemburgning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan uchrashdi

Tom Rayzen Lyuksemburgning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan uchrashdi.

Vazirning yozishicha, mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oʻrganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda saʼy-harakatlarni kuchaytirishi lozim.

“Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo koʻlamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan oʻrin oldi. Janob Elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozadi Saidov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling