Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev “Hyundai Rotem” kompaniyasining “Global Rail Group” rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar zamonaviy elektropoyezdlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yuzasidan fikr almashdi.
Xususan, Janubiy Koreyaning KORAIL kompaniyasi tomonidan bugungi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini “Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” AJda mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taklifi yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.
Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish taklif qilinayotgan elektropoyezdlarning asosiy texnik xususiyatlari boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarni oʻrganish, takliflarni tahlil qilish va yangi ishlab chiqarish hududlarini koʻzdan kechirishni kelishib olishdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling