Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning Magdeburg shahrida yuz bergan fojia oqibatida insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Frank-Valter Shtaynmayerga taʼziya yoʻlladi.
Davlat rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez orada shifo topishini tiladi.
Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir bo‘ldi.
Qora rangli BMW avtomobili katta tezlikda odamlar to’planib turgan joyga bostirib kirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana 60 kishi jarohatlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling