2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida qoʻshimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi.
Bundan talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega boʻlib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi toʻlov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
Qoʻshimcha qabul asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari soʻraladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling