Fuqarolar yigʻini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi

Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yigʻinlari raislari oʻz vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qonunga koʻra “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi qonunlariga fuqarolar yigʻini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilishini, boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yigʻinlari raislarining 5 yil muddatga saylanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yigʻinlari raislari oʻz vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling