Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adib va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi. Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.
Mahkam Mahmudov 1940-yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tugʻilgan.
Mahkam Mahmudov dastlab shoir sifatida qalam tebratgan. Keyinchalik u nasrga ham oʻtib, tarixiy mavzular va fantastik janrda ijod qilib keladi.
Agar uning “Bibixonim”, “Shohlar malikasi”, “Movarounnahr yulduzi”, “Sulton Mahmud Gʻaznaviy”, “Boysungʻur ibn Shohruh”, “Imom Zayniddin Gʻazzoliy” kabi qissa, hikoya va badialari tarixiy mavzularda yaratilgan boʻlsa, “Men – men emasman”, “Teskari koʻzlar sayyorasi”, “Sirli qasr”, “Mangu kuy izlab” singari asarlarida esa u fantastik janrga qoʻl
Adabiyot oldidagi xizmatlari uchun unga “El-yurt hurmati” (1998) ordeni berilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling