Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan majburiy soliq undiriladimi? Vazirlik izoh berdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tushuntirish berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shaklidagi oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar boʻyicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining 4 foizini Respublika oliy taʼlim kengashiga yoʻnaltirishi haqida xabarlar tarqaldi. Holat boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi izoh berdi.

Vazirlik mazkur masalada nodavlat oliy taʼlim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor maʼlum qildi.

“Shu oʻrinda, vazirlik davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlashni oʻzining ustuvor vazifalardan biri deb bilishini, eslatib oʻtamiz”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling