Margʻilon shahrida fuqaro M.T. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirib, 4 200 AQSH dollari evaziga Fargʻona shahridagi hokimlik balansidagi orderli uyni uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda uy-joy sotib olish uchun subsidiya olib berishini vaʼda qilib, oldindan 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Kattaqoʻrgʻon tumanida “K.K.S.” MCHJ rahbari A.A. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro M.K.ning ishonchiga kirib, uning “Zarqoʻrgʻon” MFYdagi xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling