Qashqadaryoda oʻqituvchi va oʻquvchi bir-birini urgani aytilmoqda

Ikki shaxsga chora koʻrish uchun ish materiallari sudga yuborildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida janjal kelib chiqqani aytilmoqda” sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan kuzatuv olib bormoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 17-oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli oʻrta taʼlim maktabining algebra fani oʻqituvchisi M.M. (ayol) va 10 “B” sinf oʻquvchisi E.Oʻ. (2008-yilda tugʻilgan qiz) oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqib, ogʻzaki tortishib qolishgan.

Shundan soʻng oʻqituvchi M.M. oʻquvchi E.Oʻ. ni yuz sohasiga urgan, oʻquvchi qiz ham qoʻl koʻtarmoqchi boʻlganida birgalikda yiqilib tushishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.Oʻ. larning xatti-harakatlariga chora koʻrish uchun mazkur ish materiallari MJtKning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling