Sankt-Peterburgning Krasnoselskiy tumanida oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi boshqa bolaning yuziga tepdi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
291-maktab direktorining aytishicha, voqea 2023-yili sodir boʻlgan. Video esa shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Videoda niqobli oʻquvchi yoʻlakda oʻtirgan bolaning yuziga tepganini koʻrish mumkin.
Voqea sodir boʻlganidan keyin oʻsmir bola maktabdan haydalib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan, deyiladi xabarda.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari holatni oʻrganmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling