Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Manfred Hutererning ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini e‘tirof etdi.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Manfred Huterer bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma‘lum qildi.

Uchrashuvda elchining faoliyati davomida oliy darajadagi tashriflar muvaffaqiyatli tashkil etilgani, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqot mustahkamlangani hamda ko‘p qirrali sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

Baxtiyor Saidov Manfred Hutererga O‘zbekiston va Germaniya munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling