9 oyda qancha Oʻzbekiston fuqarolari xorijga oʻqish uchun ketgani maʼlum qilindi

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 30,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.  

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 foizga oshgan.

Yanvar-sentyabr oylarida oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Tojikiston — 11 409 nafar

Rossiya — 7 301 nafar

Qirgʻiz Respublikasi — 2 845 nafar

Turkiya — 2 195 nafar

Janubiy Koreya — 1 839 nafar

Qozogʻiston — 1 372 nafar

Buyuk Britaniya — 693 nafar

Xitoy — 672 nafar

AQSH — 486 nafar

BAA — 295 nafar

Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling