Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamatdagi 42-maktabda hashar o‘tkazilgani haqida videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati MMTB izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat 2-avgust kuni sodir bo‘lgan.
Maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani ta‘kidlansa ham, ustozlarning o‘z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmaganligi sababli maktab direktori Z.M egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining xabar berishicha, holat yuzasidan 4-avgust kuni o‘rganish o‘tkazilgan.
Maktab direktori Z.Mamajonovaga BHMning 100 baravari – 41,2 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.