Toshkentning 4 ta tumanida gaz, bitta tumanida “svet” oʻchiriladi

Bunga taʼmirlash ishlari sabab bo'ladi

Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida taʼmirlash ishlari tufayli 12-noyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Sergeli tumani (10:00 dan 14:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

“Xonobod” MFY Beruniy, Sohil va Kichik soy koʻchalardagi 835 ta yerli xonadon

“Eshonbuloq” MFY Muanna, Xonobod koʻchalardagi 467 ta yerli xonadon

“Sadoqat” MFY Tabarruk va Tavallo koʻchalardagi 730 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 48 ta

Bektemir tumani (10:00 dan 14:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

Koʻp qavatli uylardagi 60 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta

Mirobod tumani (10:00 dan 17:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

“Birodarlik” MFY Oq uy koʻchasidagi 55 ta xonadon

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 17:00 gacha)

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Shuningdek, 12-noyabr kuni Olmazor tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.

Ushbu manzillar: “Ahil”, “Moyariq”, “Yangi Toshkent”, “Gulzor”, “Chuqursoy”, “Oltinsoy”, “Islom ota” hamda “Shifokorlar” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.

Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling