Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari faoliyatida kuzatilayotgan insofsiz amaliyotlar bo‘yicha yana bir misol kredit tashkilotlariga yuborildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy bank fuqarolarga davlat tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida egalarining roziligisiz ularning bank kartalaridan yechib olinishini adolat tamoyillariga zid ekanligini qayd etdi.
MB buni insofsiz amaliyot sifatida baholamoqda.
Shu sababli, Markaziy bank kredit tashkilotlarini iste‘molchilar bilan o‘zaro munosabatlarda adolatli bo‘lishga va bunday insofsiz amaliyotlarni to‘xtatishga chaqiradi.