Toshkentda 22 yoshli yigit otasini pichoqlab oʻldirdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Uchtepa tumani, Chilonzor 11-mavzesida yashagan 22 yoshli yigit 13-dekabr kuni otasini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uzʻga xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1974-yilda tugʻilgan erkak mast holatda uyiga kelib, 2002-yilda tugʻilgan oʻgʻli bilan tortishib, hech sababsiz urib-doʻpposlagan.

Shu vaqtda oʻgʻli ruhiy hayajon holatida oshxona pichogʻi bilan otasining qorin qismiga bir marotaba tan-jarohati yetkazgan.

Otasi olgan tan-jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling