Navoiy shahrida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, “O.P.N.” MCHJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning qurilmalarini tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 106,5 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan A.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibida ushlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling