Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Samarqanddagi “S.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. va korxonaga qarashli mebel sexi ustasi A.N.lar mebel sexini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan.
Ular noqonuniy mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelgan. Oqibatda 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan I.A. va A.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.