Samarqandda 28 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “mayning ferma” fosh etildi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi

Ishtixon tumanida “M.G.M.” oilaviy korxonasiga qarashli binoning yon qismida joylashgan yertoʻlada umumiy ulangan quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan

Ushbu qoidabuzarlik natijasida 28 mlrd 896 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling