YCHL. Oʻtish oʻyinlari qanday boʻldi?

Repost.uz uchrashuvlarda qanday hisoblar kuzatilgani haqida soʻz yuritadi

Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalga oʻtish oʻyinlari oʻtkazildi. Uy-mehmon tizimida oʻtkazilgan bahslarda 8 ta jamoa navbatdagi bosqichga yoʻl oldi. Repost.uz uchrashuvlarda qanday hisoblar kuzatilgani haqida soʻz yuritadi.

“Milan” — “Feyenoord”

Birinchi oʻyinda Niderlandiya klubi minimal — 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Javob uchrashuvi esa “San Siro”da boʻlib oʻtdi. “Milan” dastlab hisobni ochgan boʻlsa-da, jamoaning ishongan himoyachisi Teo Ernandes qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Ushbu yoʻqotish jamoani qiynab qoʻydi. 73-daqiqada esa mehmonlar milanliklarni jazoladi va yakuniy natijani oʻzlari tomon ogʻdirishdi.

“Atalanta” — “Bryugge”

Dastlab oʻtgan mavsumdagi Yevropa Ligasi gʻoliblari favoritdek tuyulgan edi. Biroq Belgiya klubi bekorga ushbu bosqichgacha yetib kelmaganini isbotlab qoʻydi. Birinchi uchrashuvda oʻz maydonida 2:1 hisobida gʻalabaga erishgan boʻlsa, javob uchrashuvida mehmonda 1:3 hisobida gʻalabani ilib ketdi.

“Bavariya” — “Seltik”

Myunxen klubiga bu raqib qiyinchilik tugʻdirmasligi kerak edi. Biroq kutilganidek boʻlmadi. Dastlabki uchrashuvda mehmonda 1:2 hisobida gʻalabaga erishgan “Bavariya”, javob uchrashuvida ancha qiynaldi.

Myunxendagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Yakuniy natija 3:2 — “Bavariya” foydasiga.

“Benfika” — “Monako”

Taʼkidlash lozim, eng qiziq juftliklardan biri boʻlishini hech kim kutmagan edi. Birinchi oʻyinda portugaliyaliklar 1:0 hisobida gʻalabaga erishgan edi. Javob uchrashuvi esa “gollar yomgʻiri” boʻldi. 3:3 hisobida durang natija “Monako”ga naf keltirmadi. “Benfika” — nimchorak finalda!

“Borussiya Dortmund” — “Sporting”

Germaniya klubi dastlabki uchrashuvida 0:3 hisobidaga gʻalabaga erishdi, javob oʻyini esa 0:0. Gʻolib kimligi maʼlum.

“PSV” — “Yuventus”

Turin klubiga nima boʻldi? Dastlabki bahsda 2:1 hisobida gʻalabaga erishgan edi jamoa. Javob oʻyinining asosiy vaqtida esa xuddi shu hisobda Niderlandiya klubining qoʻli baland keldi. Qoʻshimcha vaqtlarda “PSV” yana gol urdi va ular navbatdagi bosqichga yoʻl oldi.

“PSJ” — “Brest”

Umumiy hisob 10:0, parijliklar — nimchorak finalda.

“Real Madrid” — “Manchester Siti”

Nihoyat! Nimchorak, chorak, yarim va finaldan avvalgi superfinal oʻtish oʻyinida boʻlib qolgani barchani hafa qildi. Lekin oʻyinlar ham shunga yarasha oʻtdi. Birinchi oʻyinda Madrid klubi kambek qilib yutib ketgandi.

Madriddagi uchrashuv esa Mbappega ataldi. Xet-trik va “Real” nimchorak finalda!

Alohida taʼkidlash lozim, Abduqodir Husanov ikkinchi oʻyinni toʻliq oʻtkazdi va yaxshi oʻyin namoyish qila oldi.

21-fevral kuni nimchorak finalga qurʼa tashlanadi. Unda juftliklar qanday boʻlishini taxmin qilish mumkin:

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling