Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26-dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan MDH va YEOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi.
Mamlakat yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Sammitlar kun tartibidan mazkur koʻp tomonlama birlashmalar doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan. Birgalikda qilingan ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling