Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Buxoroda mebel taʼmirlash ustaxonasida yongʻin sodir boʻldi

Yongʻin oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi

Buxoro shahar, “S.Raximov” MFYda joylashgan mebel mahsulotlarini taʼmirlash ustaxonasida 14-noyabr kuni soat 09:37 larda yongʻin sodir boʻldi.

Binoning 25 kv m maydonda yogʻoch jihozlari, tom va ichki devorlari qorayib yongan. Yongʻinga 09:41da yetib borib, 10:00 da batamom oʻchirilgan.

Birlamchi maʼlumotga koʻra yongʻinning kelib chiqish sababi: elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarari aniqlanmoqda.

Yongʻin qutqaruvchilarning saʼy harakatlari bilan yongʻindan binoning 200 kv m maydoni saqlab qolingan. Voqea joyiga  2 ta yongʻin qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan. 

Yongʻin oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling