Toshkent metropoliteniga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdlari olib kelindi

Yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi reja qilingan.

Toshkent metropoliteniga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

2025-yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi reja qilingan.

"Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling