Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarni “Milton” toʻfoni yopirilishi munosabati bilan ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi

AQSHning Florida shtatining 51 ta shahrida “Milton” toʻfoni kirib kelayotgani munosabati bilan favqulodda holat eʼlon qilindi

AQSHning Florida shtatining 51 ta shahrida “Milton” toʻfoni kirib kelayotgani munosabati bilan favqulodda holat eʼlon qilindi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlardan ehtiyot choralarini koʻrishini soʻradi.

Agar vatandoshlarga shoshilinch yordam kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

+1-202-251-8298;

+1-202-300-9526.

Shuningdek, toʻfon natijasida jabrlanganlar aniqlangan taqdirda, AQSHning Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligining quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilish soʻraladi:

- shoshilinch tibbiy yordam 911;

- Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligi:

(800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990;

- umumiy masalalar boʻyicha: 202-646-2500.

Florida shtati koʻmak liniyasi:

+1-800-342-3557.

Florida shtati Evakuatsiya qilishga koʻmaklashish xizmati:

+1-800-729-3413.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling