Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Toshkent shahrida 2014-yilda tug‘ilgan qiz tok urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

30-may kuni Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasidagi savdo do‘konlardan birining tom qismiga 11 yoshli N.A. ukasining o‘yinchog‘ini olib tushish uchun narvon yordamida chiqan.

Qaytib tushayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan o‘tuvchi elektr tokini ushlab olgan va tok urishi natijasida voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling