Toshkent shahrining Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasida 28-yanvar kuni soat 23:00 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1976-yilda tugʻilgan M.I. KINGLONG rusumli avtobusini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling