Ta‘mirlash ishlari tufayli 15-iyul kuni Toshkent shahrining ikkita tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Mirzo Ulug‘bek tumani - “Yuzrobod” MFY (soat 10:00 dan 17-00 gacha);
Bektemir tumani - “Zilola” MFY (soat 10:00 dan 18:00 gacha).
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.