Toshkentning ikkita tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borish maqsadida 21-may kuni Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: «Ulug‘bek shaharcha» hamda “Bo‘z” MFYlarning ayrim hududlarida soat  11:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirobod tumani: “Birodarlik” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling