Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikkita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga 1-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Sayram"  MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 92 ta yerli xonadonlar
  • 11 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 15 ta

Shayxontohur tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Samarqand Darvoza” MFY

  • Aholi iste‘molchilar soni: 210 ta yerli xonadonlar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling