Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida suvsoz (Vodokanal) tomonidan suv ta‘minoti tarmoqlarida olib borilayotgan ta‘mirlash ishlari munosabati bilan Veolia Energy Tashkent kompaniyasining 5 ta mahalliy qozonxonasida sovuq suv ta‘minoti vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Natijada mazkur qozonxonalar iste‘molchilari uchun issiqlik ta‘minoti ham vaqtincha to‘xtatildi.
Ta‘mirlash ishlari bugun soat 21:00 da yakunlanishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, issiqlik ta‘minoti tiklanadi.