Toshkent bitta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari olib boriladi

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek tumanining ayrim hududlariga 11-fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Yalangʻoch ota” va “Shalola” MFYlaridagi 980 ta xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling