Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi kafening dudboʻronidan yongʻin chiqdi

Yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani, “Lashkarboshi” MFY, Niyozbek yoʻli koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudboʻronida 20-noyabr kuni soat 20:29 da yongʻin sodir boʻldi.

Yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:35 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 20:42 da oʻchirildi.

Yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling