Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlariga 26-dekabr kuni soat 13:00 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
- Aholi iste’molchilari soni: “Pastki yuz” MFYdagi 314 ta yerli xonadon va 11 ta ko‘p qavatli uylardagi 495 ta xonadon
- Ulgurji iste’molchilar soni: 6 ta
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Shuningdek, 26-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent shahar Yashnobod tumani Normuhammedov ko‘chasidagi gaz taqsimlash punktida kuzatilgan nosozlik tufayli hududda 20 ta ko‘p qavatli uylardagi 1600 ta xonadonda vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatilgan.

Nosozlik holati bartaraf etilib, iste’molchilarni ogohlantirgan holda gaz ta’mminoti qayta tiklanadi.