Elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida bugu, 22-noyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.
Mirzo Ulugbek tumani: “Geologlar”, “Geofizika”, “Ijodkor”, “Zakovat”, “Alisherobod”, “Iqtidor” hamda “Jasorat” MFYlarining ayrim hududlarida elektr taʼminoti soat 08:00 dan 17:00 gacha.
Ushbu hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling