Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikkita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek va Yakkasaroy tumanlarining quyidagi hududlariga 8-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Mirzo Ulugʻbek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Darxon”, “Katta Oltintepa” va “Oiy himmat” MFYlari

  • Aholi xonadonlari soni: 550 ta yerli xonadon, 7 ta koʻp qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 11 ta

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha): “Shoxjahon” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 9 ta koʻp qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 8 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling