Tamer Fathi Abdussalom Hammad Misrning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
“Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining oʻtgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qoʻydi. Faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim oʻrin tutadi. Janob Elchiga Oʻzbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilaymiz”, – deb yozadi vazir.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling