Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Surxondaryoda ayol va uning 5 oylik bolasi molxonada saqlab kelingani aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi mahallalarning birida 26-avgust kuni nomaʼlum ayol kishi xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy ushlab turilganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mahalla profilaktika inspektori xonadon egalarini qarshiligiga qaramasdan molxona eshigini buzib, xonadon egasi 1981-y.t. fuqaro Sh.A.ning norasmiy turmush o‘rtog‘i 1997-y.t. fuqaro X.G. va uning 5 oylik o‘g‘li majburlab saqlanib kelayotganligi aniqlandi. 

Jabrlanuvchilar tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Holat o‘rganilganda, xonadon egasi fuqaro Sh.A., shu xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan norasmiy turmush o‘rtog‘i fuqaro X.G.ni tilida nuqsoni borligi, fikrlarini to‘liq bayon qilishga qiynalishi foydalanib bir necha oy davomida unga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik ishlatib, majburlab molxonada yashirin ravishda saqlab kelgan.

Hozirda jabrlanuvchi X.G. tuman tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limiga, farzandi esa tug‘ruq bo‘limiga davolanish uchun joylashtirilgan.

Ularning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat viloyat ijtimoiy himoya boshqarmasi masʼullari tomonidan alohida nazoratga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar Sh.A. va uning ishga aloqador bo‘lgan uch nafar yaqin qarindoshlari protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Jinoyat ishi Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qatʼiy nazoratga olingan bo‘lib, ish yuzasidan barcha tegishli sud-tibbiyot ekspertizalari tayinlanib, tergov-protsessual harakatlar olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling